Yangi buyurtma
Platformani tanlang, kerakli xizmatni belgilang va soniyalar ichida buyurtma bering.
Xizmatni tanlang — shart va tavsiflar shu yerda chiqadi.
Buyurtma qabul qilindi!
Buyurtmangiz jarayonga o'tkazildi
Hisobim
Profilingiz, umumiy statistikangiz va faoliyat tarixi bir joyda.
Foydalanuvchi
@—So'nggi 30 kunlik buyurtmalar faolligi
Platformalar bo'yicha buyurtmalar
Buyurtmalar holati
AI Xizmatlar
Sun'iy intellekt yordamida vaqtingizni tejang.
- 1Mavzu
- 2Muallif
- 3Slaydlar
- 4Dizayn
Qaysi mavzuda
taqdimot yaratamiz?
Mavzuni aniq yozing. AI shu mavzu asosida taqdimot matnini tayyorlaydi.
Taqdimotingizni
sizga moslaymiz.
Ismingiz va universitet nomi birinchi slaydda ko'rsatiladi.
Ma'lumotlarni taqdimotda qanday ko'rinishini istasangiz, shunday yozing.
Nechta slayd
tayyorlaymiz?
3 dan 20 tagacha tanlang. Kirish va xulosa ham tanlangan songa kiradi.
Mavzuni tushuntirish uchun qulay hajm
Taqdimotingizga
uslub tanlang.
Sizga yoqqan dizaynni belgilang va yaratishni boshlang.
Matn va rasmlar tayyorlanishini kuting. Sahifani yopmang.
Tayyor taqdimotni PowerPoint yoki PDF formatida yuklab oling.
Natija
Mening slidelarim
Hali slidelar yaratilmagan.
O'yin donat
O'yiningizni tanlang, kerakli mahsulotni belgilang va hisobingizga to'g'ridan-to'g'ri to'ldiring.
Telegram Premium / Stars
Jonli narxlar bilan Telegram Premium va Stars sotib oling — hisobingizga to'g'ridan-to'g'ri yuklanadi.
Telegram Premium
Muddatni tanlang, username kiriting — 1–5 daqiqada yoqiladi.
Telegram Stars
Miqdorni tanlang yoki o'zingiz kiriting — narx avtomatik hisoblanadi.
Hisobni to'ldirish
Kerakli miqdorni tanlang, ko'rsatilgan kartaga to'lov qiling va hisobingiz avtomatik to'ldiriladi.
To'lov usulini tanlang
Sizga qulay usulni tanlang, keyingi qadamda to'lov ma'lumotlari ko'rsatiladi.
Click orqali to‘lov
Ma’lumotlarni tekshiring va to‘lovni davom ettiring.
To‘lov tasdiqlangach, mablag‘ ObunaGo balansingizga qo‘shiladi.
Keyingi qadamda Click to‘lov sahifasi ochiladi.To'lovni amalga oshiring
Istalgan to'lov ilovasidan foydalanishingiz mumkin.
Faqat yuqorida ko'rsatilgan summani aynan o'zini to'lang. Summani o'zgartirmang.
Payme, Click, Uzum, bank ilovasi yoki boshqa to'lov tizimi.
Yuqoridagi karta raqami va belgilangan summadan foydalaning.
To'lov muvaffaqiyatli bo'lgach, quyidagi tugmani bosing.
Hisobingiz to'ldirildi!
0 so'm hisobingizga qo'shildi
Mavjud xizmatlar
Barcha xizmatlar turkumlar bo'yicha — kerakli blokni tanlang va bevosita o'sha bo'limga o'ting.
Ijtimoiy tarmoqlar
Yuklanmoqda...
O'yin donat
Yuklanmoqda...
Telegram Premium / Stars
Yuklanmoqda...
Hamkorlik paneli
O'z sayt yoki botingizni ObunaGO narxlariga ulang — API token orqali xizmatlarimizdan foydalaning.
O'z biznesingizni ObunaGO kuchi bilan kengaytiring
API token orqali botingiz yoki saytingizga to'g'ridan-to'g'ri ulaning — o'zingiz narx belgilab, mijozlaringizga xizmat sotasiz, biz esa texnik qismini to'liq bajaramiz.
Tezkor integratsiya
PHP, Python, Node.js yoki cURL orqali 10 daqiqada ulanib, birinchi buyurtmangizni yuborishingiz mumkin.
O'z narxingizni belgilang
ObunaGO ichki narxlaridan foydalanib, mijozlaringizga xohlagan ustama bilan xizmat sotasiz.
Chuqur statistika
Kunlik faollik, platforma va turkum bo'yicha taqsimotni grafiklarda kuzatib boring.
Yangi API token yaratish
Sizning API tokeningiz
So'nggi 30 kunlik API faolligi
Platformalar bo'yicha (eng ko'p buyurtma qilingan)
Eng ko'p buyurtma qilingan turkumlar
API qo'llanmasi
ObunaGO API orqali o'z saytingiz, botingiz yoki ilovangizdan buyurtma yuborish, balansni tekshirish, Telegram Premium/Stars va o'yin donat xarid qilish bo'yicha to'liq yo'riqnoma — PHP, Python, Node.js va cURL misollari bilan.
1. Token olish
"Hamkorlik paneli" bo'limidan xizmat nomi, tasnif va emailingizni kiritib token oling. Tokenni keyinroq ham "Ko'rsatish" tugmasi orqali ko'rishingiz mumkin. Uni hech kimga bermang va faqat server tomonida saqlang. Token oqib ketgan deb hisoblasangiz, "Almashtirish" tugmasi orqali darhol yangisini oling — eskisi shu zahoti ishlamay qoladi.
2. Har bir so'rovda shu header yuboriladi
X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz
Content-Type: application/json
3. Balansni tekshirish
GET /balance.phpcurl -X GET "https://obunago.uz/api/v1/balance.php" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz"
# Javob:
{ "balance": 125000 }
$ch = curl_init('https://obunago.uz/api/v1/balance.php');
curl_setopt_array($ch, [
CURLOPT_RETURNTRANSFER => true,
CURLOPT_HTTPHEADER => ['X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz'],
]);
$response = json_decode(curl_exec($ch), true);
curl_close($ch);
print_r($response); // ['balance' => 125000]
import requests
API_KEY = "obg_sizning_tokeningiz"
BASE_URL = "https://obunago.uz/api/v1"
res = requests.get(
f"{BASE_URL}/balance.php",
headers={"X-API-Key": API_KEY}
)
data = res.json()
print(data) # {'balance': 125000}
const API_KEY = "obg_sizning_tokeningiz";
const BASE_URL = "https://obunago.uz/api/v1";
async function checkBalance() {
const res = await fetch(`${BASE_URL}/balance.php`, {
headers: { "X-API-Key": API_KEY }
});
const data = await res.json();
console.log(data); // { balance: 125000 }
}
checkBalance();
// Brauzer yoki front-end kodi uchun
fetch("https://obunago.uz/api/v1/balance.php", {
headers: { "X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz" }
})
.then(res => res.json())
.then(data => console.log(data)); // { balance: 125000 }
4. Buyurtma yuborish
POST /order.phpcurl -X POST "https://obunago.uz/api/v1/order.php" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{
"platform": "telegram",
"category": "regular_subs",
"service_id": "12345",
"link": "https://t.me/kanal_nomi",
"quantity": 1000
}'
# Javob:
{ "order_code": "OBG-99213", "remaining_balance": 124000 }
$ch = curl_init('https://obunago.uz/api/v1/order.php');
curl_setopt_array($ch, [
CURLOPT_RETURNTRANSFER => true,
CURLOPT_POST => true,
CURLOPT_HTTPHEADER => [
'X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz',
'Content-Type: application/json',
],
CURLOPT_POSTFIELDS => json_encode([
'platform' => 'telegram',
'category' => 'regular_subs',
'service_id' => '12345',
'link' => 'https://t.me/kanal_nomi',
'quantity' => 1000,
]),
]);
$response = json_decode(curl_exec($ch), true);
curl_close($ch);
print_r($response);
// ['order_code' => 'OBG-99213', 'remaining_balance' => 124000]
import requests
API_KEY = "obg_sizning_tokeningiz"
BASE_URL = "https://obunago.uz/api/v1"
payload = {
"platform": "telegram",
"category": "regular_subs",
"service_id": "12345",
"link": "https://t.me/kanal_nomi",
"quantity": 1000,
}
res = requests.post(
f"{BASE_URL}/order.php",
headers={
"X-API-Key": API_KEY,
"Content-Type": "application/json",
},
json=payload,
)
print(res.json()) # {'order_code': 'OBG-99213', 'remaining_balance': 124000}
const API_KEY = "obg_sizning_tokeningiz";
const BASE_URL = "https://obunago.uz/api/v1";
async function createOrder() {
const res = await fetch(`${BASE_URL}/order.php`, {
method: "POST",
headers: {
"X-API-Key": API_KEY,
"Content-Type": "application/json",
},
body: JSON.stringify({
platform: "telegram",
category: "regular_subs",
service_id: "12345",
link: "https://t.me/kanal_nomi",
quantity: 1000,
}),
});
const data = await res.json();
console.log(data); // { order_code: 'OBG-99213', remaining_balance: 124000 }
}
createOrder();
fetch("https://obunago.uz/api/v1/order.php", {
method: "POST",
headers: {
"X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz",
"Content-Type": "application/json",
},
body: JSON.stringify({
platform: "telegram",
category: "regular_subs",
service_id: "12345",
link: "https://t.me/kanal_nomi",
quantity: 1000,
}),
})
.then(res => res.json())
.then(data => console.log(data));
5. Platforma va turkum (category) kodlari
platform hozircha faqat telegram yoki instagram bo'lishi mumkin. service_id va category qiymatlarini 6-bo'limdagi /services.php javobidan oling. Avtomatik va kommentariya xizmatlari API orqali hozircha mavjud emas.
| platform | Xizmatlar | Izoh |
|---|---|---|
telegram | Obunachi, ko'rish, reaksiya | Kanal yoki post havolasi kerak |
instagram | Obunachi, layk, ko'rish | Profil ochiq (public) bo'lishi shart |
6. Xizmatlar ro'yxatini olish
GET /services.phpcurl -X GET "https://obunago.uz/api/v1/services.php" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz"
# Javob:
{
"services": [
{
"service_id": "12345",
"platform": "telegram",
"category": "Obunachilar",
"name": "Kafolatli obunachi",
"rate": 17000,
"min": 100,
"max": 50000
}
]
}
import requests
res = requests.get(
"https://obunago.uz/api/v1/services.php",
headers={"X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz"},
)
for s in res.json()["services"]:
print(s["service_id"], s["platform"], s["name"], s["rate"])
- rate 1000 ta uchun narx (so'm). Buyurtma narxi:
rate x quantity / 1000, 50 so'mgacha yaxlitlanadi, eng kami 50 so'm. - min va max buyurtmadagi
quantitychegarasi. - Ro'yxat 60 soniya keshlanadi. Avtomatik va kommentariya xizmatlari ro'yxatga kiritilmaydi.
- Ro'yxatda boshqa platformalar chiqsa ham,
/order.phphozircha faqattelegramvainstagramni qabul qiladi.
7. Idempotency-Key (takroriy buyurtmadan himoya)
Telegram Premium/Stars va o'yin donat buyurtmalarida Idempotency-Key header majburiy. U tarmoq uzilganda ham bitta xaridning ikki marta bajarilishiga yo'l qo'ymaydi.
- Kalit 8–64 belgidan iborat bo'lishi kerak: faqat harf, raqam,
_va-. UUID mos keladi. - Har bir yangi xarid uchun yangi kalit yarating va so'rovni yuborishdan oldin o'zingizda saqlab qo'ying.
- Javob kelmasa yoki tarmoq uzilsa, xuddi shu kalit bilan qayta yuboring: ikkinchi buyurtma yaratilmaydi, birinchi natija qaytadi.
- Kalit token bilan bog'langan va so'rov tanasiga bog'lanmagan. Boshqa buyurtma uchun eski kalitni ishlatmang, aks holda eski buyurtma natijasi qaytadi.
- 4xx xato qaytsa (402, 422 va h.k.) buyurtma yaratilmagan va pul yechilmagan. Parametrlarni to'g'rilab, yangi kalit bilan yuboring.
/order.php(ijtimoiy tarmoq xizmatlari) da Idempotency-Key ixtiyoriy. Yuborsangiz va hisobingiz Telegram bilan bog'lanmagan bo'lsa, takroriy so'rov yangi buyurtma yaratmaydi. Telegram bilan bog'langan hisobda bu himoya hozircha ishlamaydi: xato yoki kutilmagan javobdan keyin avval balansni tekshiring, keyin qayta yuboring.
8. Telegram Premium
GET /telegram.php?action=premiumcurl -X GET "https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=premium" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz"
# Javob (narxlar namuna):
{
"offers": [
{ "id": "tgprem_3", "name": "Telegram Premium 3 oy", "months": 3, "price": 180000 },
{ "id": "tgprem_6", "name": "Telegram Premium 6 oy", "months": 6, "price": 240000 },
{ "id": "tgprem_12", "name": "Telegram Premium 12 oy", "months": 12, "price": 420000 }
]
}
POST /telegram.php?action=order
curl -X POST "https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=order" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz" \
-H "Idempotency-Key: 7f0c2b1e-5a44-4c1e-9d3a-0b6f2c8e1a77" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{
"product": "premium",
"offer_id": "tgprem_3",
"username": "foydalanuvchi_nomi"
}'
# Javob:
{ "order_id": "A1B2C3D4E5", "price": 180000, "remaining_balance": 245000 }
$idemKey = bin2hex(random_bytes(16)); // yuborishdan oldin saqlab qo'ying
$ch = curl_init('https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=order');
curl_setopt_array($ch, [
CURLOPT_RETURNTRANSFER => true,
CURLOPT_POST => true,
CURLOPT_TIMEOUT => 60,
CURLOPT_HTTPHEADER => [
'X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz',
'Idempotency-Key: ' . $idemKey,
'Content-Type: application/json',
],
CURLOPT_POSTFIELDS => json_encode([
'product' => 'premium',
'offer_id' => 'tgprem_3',
'username' => 'foydalanuvchi_nomi',
]),
]);
$response = json_decode(curl_exec($ch), true);
$status = curl_getinfo($ch, CURLINFO_HTTP_CODE);
curl_close($ch);
print_r([$status, $response]);
import uuid
import requests
idem_key = str(uuid.uuid4()) # yuborishdan oldin saqlab qo'ying
res = requests.post(
"https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=order",
headers={
"X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz",
"Idempotency-Key": idem_key,
"Content-Type": "application/json",
},
json={
"product": "premium",
"offer_id": "tgprem_3",
"username": "foydalanuvchi_nomi",
},
timeout=60,
)
print(res.status_code, res.json())
const { randomUUID } = require("crypto");
const idemKey = randomUUID(); // yuborishdan oldin saqlab qo'ying
async function buyPremium() {
const res = await fetch("https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=order", {
method: "POST",
headers: {
"X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz",
"Idempotency-Key": idemKey,
"Content-Type": "application/json",
},
body: JSON.stringify({
product: "premium",
offer_id: "tgprem_3",
username: "foydalanuvchi_nomi",
}),
});
console.log(res.status, await res.json());
}
buyPremium();
- product:
premiumyokistars. offer_id faqat narxlar ro'yxatidagiidbo'lishi kerak. - username: 4–32 belgi, faqat lotin harflari, raqam va
_. Boshidagi@ixtiyoriy. Obuna shu akkauntga yoqiladi. - Narx serverda hisoblanadi, so'rovda narx yuborilmaydi. Summa balansdan darhol yechiladi.
- Javobdagi order_id buyurtma raqami. Premium odatda 1–5 daqiqada yoqiladi.
- Provayder buyurtmani bajara olmasa javob
502bo'ladi va"refunded": truekeladi. Pul balansga avtomatik qaytariladi.
9. Telegram Stars
GET /telegram.php?action=stars# Tayyor paketlar
curl -X GET "https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=stars" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz"
# Javob:
{
"offers": [
{ "id": "tgstars_50", "qty": 50, "price": 11999 },
{ "id": "tgstars_100", "qty": 100, "price": 24999 }
]
}
# Istalgan miqdor uchun narx (masalan 750 ta)
curl -X GET "https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=stars&qty=750" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz"
# Javob:
{ "offer": { "id": "tgstars_custom_750", "qty": 750, "price": 193999 } }
POST /telegram.php?action=order
curl -X POST "https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=order" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz" \
-H "Idempotency-Key: 3c9d1f52-8e7a-4b6d-a1c0-5f2e9b7d4c10" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{
"product": "stars",
"offer_id": "tgstars_50",
"username": "foydalanuvchi_nomi"
}'
# Javob:
{ "order_id": "F6E5D4C3B2", "price": 11999, "remaining_balance": 13569 }
import uuid
import requests
res = requests.post(
"https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=order",
headers={
"X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz",
"Idempotency-Key": str(uuid.uuid4()),
"Content-Type": "application/json",
},
json={
"product": "stars",
"offer_id": "tgstars_50",
"username": "foydalanuvchi_nomi",
},
timeout=60,
)
print(res.status_code, res.json())
const { randomUUID } = require("crypto");
fetch("https://obunago.uz/api/v1/telegram.php?action=order", {
method: "POST",
headers: {
"X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz",
"Idempotency-Key": randomUUID(),
"Content-Type": "application/json",
},
body: JSON.stringify({
product: "stars",
offer_id: "tgstars_50",
username: "foydalanuvchi_nomi",
}),
})
.then(res => res.json())
.then(data => console.log(data));
- Tayyor paket uchun
offer_idga ro'yxatdagiidni (masalantgstars_50), boshqa miqdor uchunqtyso'roviga javobdagiidni (masalantgstars_custom_750) yozing. - Miqdor ruxsat etilgan oraliqdan tashqarida bo'lsa
422qaytadi va xabarda Min–Max ko'rsatiladi. - Yetkazib berish, xatolar va qaytarish qoidalari Premium bilan bir xil (8-bo'lim).
10. O'yin donat
O'yin donat to'rt bosqichda ishlaydi: o'yinni tanlash, mahsulot va kerakli maydonlarni olish, buyurtma berish, holatni tekshirish.
10.1. O'yinlar ro'yxati
GET /game.php?action=gamescurl -X GET "https://obunago.uz/api/v1/game.php?action=games" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz"
# Javob (qisqartirilgan):
{
"games": [
{
"key": "topup:bigo_live",
"label": "Bigo Live",
"mode": "topup",
"category_id": "bigo_live",
"note": "Region: Global ..."
}
]
}
Keyingi so'rovlarda key qiymatidan (masalan topup:bigo_live) foydalaning. Ro'yxatda yuzlab o'yin bor, kerakli nomni label bo'yicha qidiring.
10.2. Mahsulotlar va to'ldiriladigan maydonlar
GET /game.php?action=offers&game=KEYcurl -G "https://obunago.uz/api/v1/game.php" \
--data-urlencode "action=offers" \
--data-urlencode "game=topup:bigo_live" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz"
# Javob (qisqartirilgan):
{
"mode": "topup",
"fields": [
{ "key": "bigo_id", "label": "Bigo ID", "type": "text" }
],
"offers": [
{ "id": "10_diamonds", "name": "10 Diamonds", "price": 2700 },
{ "id": "50_diamonds", "name": "50 Diamonds", "price": 11900 }
]
}
- offers: mahsulotlar. Buyurtmada
offer_idga shu yerdagiidyoziladi, narx esaprice(so'm). - fields: o'yin uchun kiritilishi shart bo'lgan maydonlar (masalan o'yinchi ID, server). Buyurtmadagi
fieldsobyektida aynan shukeynomlari ishlatiladi. Maydondaoptionsbo'lsa, qiymat shu variantlardan biri bo'lishi kerak. - Har bir o'yinning maydonlari va mahsulotlari har xil. Buyurtma berishdan oldin shu so'rovni albatta bajaring.
- Narxlar o'zgarib turishi mumkin. Buyurtmada narx qaytadan serverdan olinadi va so'rovda narx yuborilmaydi.
10.3. Buyurtma berish
POST /game.php?action=ordercurl -X POST "https://obunago.uz/api/v1/game.php?action=order" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz" \
-H "Idempotency-Key: 9b1e4d70-2c3f-4a85-b6e1-7d0a5c8f3e21" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{
"game": "topup:bigo_live",
"offer_id": "10_diamonds",
"fields": { "bigo_id": "SIZNING_BIGO_ID" }
}'
# Javob:
{
"success": true,
"order_id": 2141,
"request_ref": "25e254fe6696a0183a110fbc2265fca8",
"new_balance": 22868,
"state": "processing"
}
$idemKey = bin2hex(random_bytes(16)); // yuborishdan oldin saqlab qo'ying
$ch = curl_init('https://obunago.uz/api/v1/game.php?action=order');
curl_setopt_array($ch, [
CURLOPT_RETURNTRANSFER => true,
CURLOPT_POST => true,
CURLOPT_TIMEOUT => 60,
CURLOPT_HTTPHEADER => [
'X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz',
'Idempotency-Key: ' . $idemKey,
'Content-Type: application/json',
],
CURLOPT_POSTFIELDS => json_encode([
'game' => 'topup:bigo_live',
'offer_id' => '10_diamonds',
'fields' => ['bigo_id' => 'SIZNING_BIGO_ID'],
]),
]);
$response = json_decode(curl_exec($ch), true);
$status = curl_getinfo($ch, CURLINFO_HTTP_CODE);
curl_close($ch);
print_r([$status, $response]);
import uuid
import requests
idem_key = str(uuid.uuid4()) # yuborishdan oldin saqlab qo'ying
res = requests.post(
"https://obunago.uz/api/v1/game.php?action=order",
headers={
"X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz",
"Idempotency-Key": idem_key,
"Content-Type": "application/json",
},
json={
"game": "topup:bigo_live",
"offer_id": "10_diamonds",
"fields": {"bigo_id": "SIZNING_BIGO_ID"},
},
timeout=60,
)
print(res.status_code, res.json())
const { randomUUID } = require("crypto");
const idemKey = randomUUID(); // yuborishdan oldin saqlab qo'ying
async function buyGameItem() {
const res = await fetch("https://obunago.uz/api/v1/game.php?action=order", {
method: "POST",
headers: {
"X-API-Key": "obg_sizning_tokeningiz",
"Idempotency-Key": idemKey,
"Content-Type": "application/json",
},
body: JSON.stringify({
game: "topup:bigo_live",
offer_id: "10_diamonds",
fields: { bigo_id: "SIZNING_BIGO_ID" },
}),
});
console.log(res.status, await res.json());
}
buyGameItem();
- game: 10.1 dagi
key. offer_id: 10.2 dagi mahsulotid. fields: 10.2 dagifieldsbo'yicha to'ldirilgan obyekt. - Barcha majburiy maydonlar to'ldirilgan bo'lishi kerak. Har bir qiymat matn ko'rinishida, 500 belgidan oshmasligi kerak.
- Bu endpointda balans javobi
new_balancenomi bilan keladi (boshqa endpointlardaremaining_balance). - Muhim: noto'g'ri o'yin ID yoki server kiritilsa, mahsulot boshqa akkauntga tushishi mumkin va qaytarilmaydi. Yuborishdan oldin ID ni ikki marta tekshiring.
10.4. Buyurtma holatini tekshirish
GET /game.php?action=status&idempotency_key=KALITcurl -G "https://obunago.uz/api/v1/game.php" \
--data-urlencode "action=status" \
--data-urlencode "idempotency_key=9b1e4d70-2c3f-4a85-b6e1-7d0a5c8f3e21" \
-H "X-API-Key: obg_sizning_tokeningiz"
# Javob buyurtma javobi bilan bir xil ko'rinishda:
{ "success": true, "order_id": 2141, "new_balance": 22868, "state": "completed" }
Holat uchun buyurtma berishda ishlatilgan o'sha Idempotency-Key va o'sha token kerak. state qiymatlari:
| state | Ma'nosi | Nima qilish kerak |
|---|---|---|
processing | Buyurtma bajarilmoqda | Bir necha soniya, daqiqadan keyin holatni qayta so'rang |
completed | Mahsulot yetkazildi | Hech narsa |
failed | Bajarilmadi | Pul balansga qaytariladi, balansni tekshiring |
uncertain | Natija noaniq | Qayta buyurtma bermang, holatni so'rashda davom eting |
Buyurtma javobi 502 yoki 500 bo'lsa, xabarda aytilganidek buyurtma yuborilgan bo'lishi mumkin. Yangi buyurtma bermang: avval shu kalit bilan holatni so'rang. Holat 404 qaytarsa, buyurtma yaratilmagan va yangi kalit bilan yuborish xavfsiz.
11. Xatolik javoblari
| Kod | Ma'nosi |
|---|---|
401 | X-API-Key header yuborilmagan |
403 | Token noto'g'ri yoki bekor qilingan |
402 | Balans yetarli emas. Telegram Premium/Stars da javobda balance, price va deficit keladi, ijtimoiy tarmoq buyurtmasida ba'zan faqat deficit |
404 | Noma'lum action yoki buyurtma topilmadi |
409 | Bu Idempotency-Key bilan so'rov bajarilmoqda yoki natijasi noma'lum. Yangi buyurtma bermang, balansni tekshiring |
422 | Noto'g'ri parametr (miqdor Min–Max dan tashqarida, noto'g'ri username, Idempotency-Key yo'q va h.k.) |
429 | Shu hisobning oldingi ijtimoiy tarmoq buyurtmasi hali bajarilmoqda. Buyurtma yaratilmagan, 2–3 soniya kutib qayta yuboring |
500 | Server tomonidagi kutilmagan xatolik. Buyurtma yuborilgan bo'lishi mumkin, avval holat yoki balansni tekshiring |
502 | Provayder yoki ichki server javob bermadi. Premium/Stars da "refunded": true bo'lsa pul qaytarilgan. Javobda order_code bo'lsa, uni operatorga ko'rsating |
{ "error": "Balans yetarli emas" }
12. Amaliy tavsiyalar
Bir hisobning ijtimoiy tarmoq buyurtmalari ketma-ket bajariladi: oldingisi tugamaguncha keyingisi 429 qaytarishi mumkin. Buyurtmalarni navbat (queue) orqali bittadan yuboring va 429 da 2–3 soniya kutib qayta urining.
Ijtimoiy tarmoq buyurtmasida (/order.php) tarmoq xatosi, 500 yoki 502 dan keyin darhol qayta yubormang, chunki buyurtma o'tib ketgan bo'lishi mumkin. Avval balansni tekshiring: summa yechilgan bo'lsa buyurtma qabul qilingan. Telegram Premium/Stars va o'yin donatda esa xuddi shu Idempotency-Key bilan qayta yuborish yoki holat so'rash xavfsiz. 401, 402, 403, 422 xatoliklarida so'rov parametrlarini tekshiring.
Tokenni frontend (brauzer) kodida emas, faqat serveringiz tomonida saqlang. Token oshkor bo'lgan deb hisoblasangiz, "Hamkorlik paneli"dan darhol almashtiring.
Ishga tushirishdan oldin kichik miqdorda (masalan, service min qiymatiga teng) sinov buyurtmasi yuborib, javobni to'liq tekshirib chiqishni tavsiya qilamiz.
13. Foydalanish statistikasi
Barcha narxlar ObunaGO saytidagi joriy narxlar bilan bir xil — o'z ustamangizni o'zingiz qo'shib, mijozlaringizga o'zingiz belgilagan narxda sotasiz. Buyurtma summasi avtomatik ravishda ObunaGO balansingizdan yechiladi. "Hamkorlik paneli" sahifasida API orqali qilingan barcha buyurtmalaringiz bo'yicha grafik statistika ko'rinadi.
Foydalanish qo'llanmasi
Har bir xizmatdan qanday foydalanishni bosqichma-bosqich o'rganing.
Buyurtmalar tarixi
Barcha yuborilgan buyurtmalaringiz va ularning holati.
Hali buyurtmalar yo'q
Birinchi buyurtmangizni bering — u shu yerda ro'yxat sifatida ko'rinadi.
To'lov tarixi
Hisobingizga qilingan barcha to'ldirishlar.
Hali to'lovlar yo'q
Hisobingizni to'ldirsangiz, barcha to'lovlar tarixi shu yerda ko'rinadi.
Omad G'ildiragi
Cheksiz aylantiring! Har 24 soatda birinchi aylantirish bepul, keyingi har bir aylantirish 399 so'm.
Baraban
Aylantiring va bepul xizmat yutib oling!
Yutuqlar tarixi
Hali yutuqlar yo'q
Baraban aylantiring — yutgan sovg'alaringiz shu yerda ko'rinadi.
Yangiliklar
Platformadagi so'nggi o'zgarishlar va e'lonlar shu yerda chop etiladi.
Hozircha yangiliklar yo'q
Yangi xizmatlar, aksiyalar va e'lonlar chiqishi bilanoq bu yerda ko'rinadi.
Hozircha yangiliklar yo'q
Yangi xizmatlar, aksiyalar va e'lonlar chiqishi bilanoq bu yerda ko'rinadi.
Aloqa markazi
Savol yoki muammoingiz bo'lsa, quyidagi kanallar orqali biz bilan bog'laning.
Murojaat qilishdan oldin buyurtma raqami yoki to'lov ID'sini tayyorlab qo'ying — bu javob berish jarayonini tezlashtiradi.
Xizmat shartlari
ObunaGO platformasidan foydalanishdan oldin quyidagi shartlar bilan to'liq tanishib chiqishingizni so'raymiz.
Oxirgi yangilanish: 26.09.2026
1. Umumiy qoidalar
Ushbu Xizmat shartlari (keyingi o'rinlarda — "Shartlar") obunago.uz veb-sayti va unga bog'liq Telegram bot orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlardan (keyingi o'rinlarda — "Platforma" yoki "ObunaGO") foydalanish tartibini belgilaydi. Platformadan ro'yxatdan o'tish, tizimga kirish, buyurtma berish yoki hisobni to'ldirish orqali foydalanuvchi ushbu Shartlarning barcha bandlarini o'qib chiqqanini, tushunganini va ular bilan to'liq rozi ekanini tasdiqlaydi.
Agar foydalanuvchi ushbu Shartlarning biror bandiga rozi bo'lmasa, u Platformadan foydalanishni darhol to'xtatishi va hisobiga ega bo'lgan mablag'larni ushbu hujjatning 8-bandida ko'rsatilgan tartibda qaytarib olish imkoniyatidan foydalanishi kerak.
2. Atamalar va ta'riflar
- Platforma — obunago.uz sayti, ObunaGO Telegram boti va ular orqali ko'rsatiladigan barcha xizmatlar majmui.
- Foydalanuvchi — Telegram akkaunti orqali ro'yxatdan o'tgan va Platformadan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
- Xizmat — ijtimoiy tarmoqlar uchun obunachi, ko'rishlar, layklar oshirish, o'yin ichi valyutasini to'ldirish, Telegram Premium/Stars sotib olish kabi Platforma orqali taqdim etiladigan har qanday takliflar.
- Balans — foydalanuvchining Platforma ichidagi shaxsiy hisobvarag'ida saqlanadigan, faqat Platforma ichida xizmatlar sotib olish uchun ishlatiladigan shartli hisob-kitob birligi (so'mda ifodalanadi).
- Buyurtma — foydalanuvchi tomonidan tanlangan xizmat, havola/ID va miqdorni o'z ichiga olgan, Platforma tomonidan qabul qilingan va bajarilishi kutilayotgan so'rov.
- Yetkazib beruvchi — Platforma xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan uchinchi tomon SMM-provayder yoki raqamli mahsulot yetkazib beruvchisi.
3. Xizmat tavsifi
ObunaGO — Instagram, TikTok, YouTube, Telegram va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar uchun obunachilar, ko'rishlar, layklar va boshqa ko'rsatkichlarni oshirish xizmatlarini, shuningdek mashhur mobil o'yinlar uchun ichki valyuta to'ldirish (o'yin donat) va Telegram Premium/Stars sotib olish xizmatlarini taqdim etuvchi vositachi platformadir.
Platforma xizmatlarni to'g'ridan-to'g'ri o'zi ishlab chiqarmaydi, balki ishonchli Yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik orqali ularni foydalanuvchiga taqdim etadi. Shu sababli ba'zi xizmatlarning bajarilish tezligi va sifati tegishli ijtimoiy tarmoq yoki o'yin serverining o'zgaruvchan texnik holatiga bog'liq bo'lishi mumkin.
4. Hisobga kirish va ro'yxatdan o'tish
Platformaga kirish faqat Telegram akkaunti orqali amalga oshiriladi — an'anaviy login/parol tizimi qo'llanilmaydi. Foydalanuvchi ObunaGO Telegram botiga /start buyrug'i orqali murojaat qilib, keyin sayt orqali Telegram username'ini kiritib, botdan olingan bir martalik kod yordamida yoki rasmiy Telegram Login vidjeti orqali tizimga kiradi.
Foydalanuvchi o'z Telegram akkauntining xavfsizligi (parol, ikki bosqichli tasdiqlash) uchun to'liq shaxsan javobgar hisoblanadi. Uchinchi shaxslarning foydalanuvchi akkauntiga ruxsatsiz kirishi natijasida yuzaga kelgan har qanday zarar uchun Platforma javobgar emas.
5. Balans va to'lovlar
Foydalanuvchi hisobini to'ldirish saytda ko'rsatilgan bank kartasiga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazma qilish orqali amalga oshiriladi. To'lov summasi belgilangan miqdordan farq qilmasligi shart — aks holda mablag' avtomatik aniqlanmasligi va balansga qo'shilishi kechikishi mumkin.
Balansdagi mablag' pul mablag'i emas, balki Platforma ichida xizmatlar sotib olish uchun mo'ljallangan shartli birlik hisoblanadi va uni naqd pulga aylantirish yoki uchinchi shaxsga o'tkazish mumkin emas, bundan 8-bandda nazarda tutilgan qaytarish holatlari mustasno.
Barcha narxlar Platforma tomonidan Yetkazib beruvchi narxlariga, valyuta kursiga va xizmat kategoriyasiga qarab belgilanadi hamda oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirilishi mumkin. Buyurtma tasdiqlangan vaqtdagi narx yakuniy hisoblanadi va keyinchalik narx o'zgarishi ortga qaytarilmaydi.
6. Buyurtma berish tartibi
Foydalanuvchi buyurtma berishdan oldin quyidagilarga to'liq javobgar hisoblanadi:
- Havola, foydalanuvchi nomi yoki ID raqamining to'g'ri va aniq kiritilganligiga;
- Tanlangan xizmatning tavsifi, shartlari, Min/Max chegaralari bilan tanishib chiqqanligiga;
- Maqsad profil yoki kanalning ochiq (public) holatda, bloklanmagan va cheklovlarsiz ekanligiga.
Buyurtma tasdiqlangandan so'ng tegishli summa balansdan darhol yechib olinadi va buyurtma Yetkazib beruvchiga uzatiladi. Noto'g'ri kiritilgan ma'lumotlar (masalan, xato havola yoki yopiq profil) tufayli bajarilmagan buyurtmalar uchun Platforma javobgar emas va bunday holatlarda mablag' qaytarilmaydi.
7. Bajarilish muddati va kafolatlar
Ko'pchilik buyurtmalar 5–15 daqiqa ichida ishga tushadi, biroq real bajarilish muddati xizmat turi, tanlangan platforma va Yetkazib beruvchining texnik holatiga qarab farq qilishi, ba'zi hollarda bir necha soatgacha cho'zilishi mumkin.
Sahifadagi xizmat tavsifida "kafolatli" deb ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha, agar yetkazilgan miqdor belgilangan kafolat muddati ichida kamaysa (masalan, obunachilar soni tushib ketsa), Platforma buni bepul to'ldirish (refill) orqali tiklab beradi. Kafolat muddati tugagandan so'ng yuzaga kelgan kamayishlar uchun to'ldirish avtomatik kafolatlanmaydi.
Kafolat quyidagi hollarga taalluqli emas: foydalanuvchi profilni o'zi yopib qo'yishi, profilni o'chirishi, username'ini o'zgartirishi, boshqa SMM xizmatlaridan parallel foydalanishi yoki ijtimoiy tarmoqning o'zi tomonidan hisobni cheklashi.
8. Qaytarish va bekor qilish siyosati
Agar buyurtma Yetkazib beruvchi tomonidan texnik sabablarga ko'ra umuman bajarilmasa, tegishli summa to'liq holda foydalanuvchi balansiga avtomatik yoki qo'llab-quvvatlash xizmati orqali qaytariladi.
Qisman bajarilgan buyurtmalar uchun faqat bajarilmagan qism bo'yicha mablag' qaytariladi. Bajarilgan (yetkazib berilgan) qism bo'yicha qaytarish amalga oshirilmaydi.
Hisobni to'ldirish uchun amalga oshirilgan to'lovlar, agar mablag' balansga muvaffaqiyatli qo'shilgan bo'lsa, naqd pul ko'rinishida qaytarilmaydi — bunday mablag' faqat Platforma ichida xizmatlar sotib olish uchun ishlatiladi. Noto'g'ri yoki ortiqcha to'langan summalar bo'yicha da'volar Aloqa markazi orqali ko'rib chiqiladi.
9. Taqiqlangan harakatlar
Foydalanuvchiga quyidagilar qat'iyan taqiqlanadi:
- Platformadan noqonuniy, firibgarlik yoki uchinchi shaxslarni aldash maqsadida foydalanish;
- To'lov tizimlarida firibgarlik (o'g'irlangan karta, soxta cheklar) orqali balansni to'ldirishga urinish;
- Texnik zaifliklardan, botlardan yoki avtomatlashtirilgan vositalardan Platforma ishini buzish maqsadida foydalanish;
- Bir nechta hisob yaratib, bonus va aksiyalardan (Omad G'ildiragi, taklif dasturi) noqonuniy ravishda ko'p marta foydalanish;
- Platforma nomidan, uning ruxsatisiz uchinchi shaxslarga xizmat ko'rsatish yoki reklama qilish.
Ushbu bandning buzilishi aniqlangan taqdirda, Platforma foydalanuvchi hisobini ogohlantirishsiz bloklash, balansni muzlatish va tegishli holatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.
10. Foydalanuvchi majburiyatlari
Foydalanuvchi Platformadan foydalanish uchun kamida 18 yoshga to'lgan yoki mahalliy qonunchilikka muvofiq mustaqil bitim tuzish huquqiga ega bo'lishi lozim. Foydalanuvchi buyurtma berayotgan ijtimoiy tarmoq yoki o'yinning o'z foydalanish shartlariga ham rioya qilishi, va xizmatdan foydalanish natijasida o'sha platformalar tomonidan qo'llanilishi mumkin bo'lgan cheklovlar uchun ObunaGO javobgar emasligini tan olishi shart.
11. Omad G'ildiragi va bonus dasturlari
Omad G'ildiragi — foydalanuvchilarga har 24 soatda bir marta bepul, keyingi aylantirishlar esa sahifada ko'rsatilgan narx evaziga taqdim etiladigan o'yin-bonus xizmati. Yutuqlar (bepul xizmat, bonus mablag' va h.k.) faqat Platforma ichida qo'llash uchun mo'ljallangan bo'lib, naqd pulga almashtirilmaydi va uchinchi shaxsga o'tkazilmaydi.
Platforma g'ildirak natijalarini, yutuq ehtimolliklarini va aksiya shartlarini istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish huquqiga ega. Adolatsiz yoki avtomatlashtirilgan usullar orqali aylantirishga urinish 9-bandga muvofiq hisobni bloklashga sabab bo'ladi.
12. Taklif (referral) dasturi
Har bir foydalanuvchi o'zining shaxsiy taklif havolasiga ega bo'lib, ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tgan yangi foydalanuvchilar uchun sahifada ko'rsatilgan tartibda bonus (masalan, har 5 ta faol do'st uchun qo'shimcha aylantirish) taqdim etiladi. Sun'iy ravishda yaratilgan yoki faolligi bo'lmagan "soxta" taklif qilingan hisoblar bonusga hisoblanmaydi va aniqlanganda bekor qilinadi.
13. Maxfiylik siyosati
Platforma foydalanuvchidan faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni (Telegram ID, username, ism, buyurtma tarixi, balans) yig'adi va saqlaydi. Ushbu ma'lumotlar uchinchi shaxslarga foydalanuvchining roziligisiz sotilmaydi yoki uzatilmaydi, faqat qonun talab qilgan yoki xizmatni bajarish uchun zarur bo'lgan hollar (masalan, Yetkazib beruvchiga buyurtmani yetkazish) bundan mustasno.
To'lov ma'lumotlari (karta raqami kabi) Platforma serverlarida saqlanmaydi — to'lov to'g'ridan-to'g'ri foydalanuvchi tomonidan tashqi bank ilovasi orqali amalga oshiriladi.
14. Javobgarlikni cheklash
Platforma quyidagilar uchun javobgar emas: uchinchi tomon ijtimoiy tarmoqlari yoki o'yin serverlarining texnik nosozliklari, ularning o'z siyosatiga muvofiq hisoblarni cheklashi yoki bloklashi, internet aloqasi yoki foydalanuvchi qurilmasidagi nosozliklar, shuningdek foydalanuvchining o'zi tomonidan noto'g'ri ma'lumot kiritilishi natijasida yuzaga kelgan har qanday to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita zarar.
Platformaning har qanday holatda ham foydalanuvchi oldidagi umumiy javobgarligi, ushbu foydalanuvchi tomonidan tegishli buyurtma yoki to'lov uchun to'langan summadan oshmaydi.
15. Intellektual mulk
"ObunaGO" nomi, logotipi, veb-sayt dizayni va uning barcha kontenti Platformaga tegishli bo'lib, mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Ularni Platformaning yozma roziligisiz nusxalash, tarqatish yoki tijorat maqsadida qayta ishlatish taqiqlanadi.
16. Shartlarga o'zgartirish kiritish
Platforma ushbu Shartlarni istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda o'zgartirish huquqiga ega. Yangilangan Shartlar sahifada e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Foydalanuvchi Platformadan yangilanishdan keyin ham foydalanishni davom ettirsa, bu yangi shartlarga rozilik bildirilgan hisoblanadi. Muhim o'zgarishlar haqida "Yangiliklar" bo'limi orqali xabar berilishi mumkin.
17. Nizolarni hal qilish va amal qiluvchi qonunchilik
Ushbu Shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan va talqin qilinadi. Tomonlar o'rtasida kelib chiqadigan barcha nizolar avvalo muzokaralar yo'li bilan, Aloqa markazi orqali hal qilinishga harakat qilinadi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi.
18. Aloqa ma'lumotlari
Ushbu Shartlarga oid har qanday savol yoki murojaatlar bo'yicha quyidagi kanallar orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin:
- YouTube: @obunagouz
- Telegram operator: @Middle_developer
- Telegram kanal: @obunag0
- Telegram bot: @obunago_bot